«mehnat vazirligi» tegli maqolalar


Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
21 oktabr 2022, 18:48

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markazda O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi
12 avgust 2022, 11:54

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi

1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishiga yetdi. Shuni 2 mln nafardan ortig‘i xorijdagi mehnat migrantlari hisoblanadi. Mamlakatda ishga muhtojlar soni yil boshidagi 1,4 mln kishidan (9,6%) iyunga kelib 1,3 mln kishigacha (8,8%) kamaydi.

Xorijda ishga joylashtirishni va’da qilayotgan aksariyat agentliklarning faoliyati noqonuniy — Mehnat vazirligi
6 iyul 2022, 13:36

Xorijda ishga joylashtirishni va’da qilayotgan aksariyat agentliklarning faoliyati noqonuniy — Mehnat vazirligi

Xorijda ishga joylashtirishni va’da qilayotgan xususiy bandlik agentliklarining aksariyati fuqarolarni aldaydi, deya xabar berdi Mehnat vazirligi. O‘zbekistonda atigi 6 ta xususiy agentlik xorijda ishga joylashtirish uchun litsenziyaga ega, yana 3 tasining faoliyati to‘xtatilgan.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi
8 mart 2022, 10:59

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi

2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi.

Mehnat vazirligi Toshkent viloyati hokimligida soat 7:00 da yig‘ilish o‘tkazilganini tasdiqladi
12 fevral 2022, 12:48

Mehnat vazirligi Toshkent viloyati hokimligida soat 7:00 da yig‘ilish o‘tkazilganini tasdiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov shanba kuni soat 7:00 da tuman hokimlari, boshqarma va tashkilot rahbarlarini yig‘ilishga chaqirgani aks etgan xat tarqaldi. Mehnat vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinayev soat 7:10 da hokimlikka borib, majlis o‘tkazilayotganini aniqladi. «Biroq, yig‘ilganlar vazirlik vakillarini ko‘rishi bilan majlisdan chiqib ketgan», — deyiladi xabarda.

Mehnat vazirligi emlanmagan xodimlarni ishdan chetlatish tartibini tushuntirdi
20 noyabr 2021, 13:42

Mehnat vazirligi emlanmagan xodimlarni ishdan chetlatish tartibini tushuntirdi

Mehnat vazirligi ish beruvchilarga vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlashtirish tartibini tushuntirdi. Unga ko‘ra, xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinadi. Agar u yozma ariza berishdan bosh tortsa, dalolatnoma tuziladi. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra emlanmaydiganlar masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.

Mehnat vazirligi Nukus shahridagi voqeaga munosabat bildirdi
18 dekabr 2020, 13:22

Mehnat vazirligi Nukus shahridagi voqeaga munosabat bildirdi

17 dekabr kuni jamoat ishiga jalb qilingan va oyligini ololmagan fuqarolar Nukus shahri markaziga chiqqan edi. Mehnat vazirligi ushbu vaziyat bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi va mablag‘lar 18 dekabr kuni to‘liq to‘lab berilishi haqida ma’lum qildi.

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlandi
2 noyabr 2020, 13:19

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlandi

Davlat mehnat inspeksiyasi respublika hududlarida 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar olib bordi. Unga ko‘ra, 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlanib, 577 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarimaga tortildi.

Yarim yilda Davlat mehnat inspeksiyasi deyarli 3900 nafar mansabdor shaxslarni jarimaga tortgan
12 avgust 2020, 16:59

Yarim yilda Davlat mehnat inspeksiyasi deyarli 3900 nafar mansabdor shaxslarni jarimaga tortgan

2020 yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga mehnat munosabatlari buzilganligi to‘g‘risida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularni o‘rganishi natijasida 3886 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting